Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Asilbek Ne’matov 4 yil og‘ir kasallik bilan kurashgani haqida so‘zlab berdi

Asilbek Ne’matov 4 yil og‘ir kasallik bilan kurashgani haqida so‘zlab berdi

Xonanda Asilbek Ne’matov bundan bir necha yil avval og‘ir dardga chalinib, ijodda bir muddat tanaffus qilishga majbur bo‘lgan. Bu haqda u «Mashhurlar» loyihasiga bergan intervyusida so‘zlab berdi.

«Kasallik 2007 yil avgustda boshlangan edi . 2-3 yil vaqtimni oldi bu dard. Rus tilida ‘Panicheskiy nevroz’ (xavotir nevrozi) deyiladi. Bu kasallikda odamga hech narsa yoqmaydi, odamlarning ichiga kirgingiz kelmay qoladi. Faqat yomon xayollar miyangizga keladi. Endi bu holatni menga ko‘pchilik ‘o‘qitvorishgan, ichingga jin kirgizvorishgan’, deb izohladi. 3-4 yil atrofingizdagi odamlar senga shunday qilishgan, deyaverishsa, bunga o‘zingiz ham ishonib ketar ekansiz. Vaholanki, meni shifokorlar tuzatdi. Bir tabib bor ekan, juda qimmatga dorilar qilib bergan. Uni zarar bo‘lgan demayman, organizm tozalangan bo‘lishi mumkin. Lekin ko‘proq asab tizimi bilan bog‘liq ekan. Juda quvvatim yo‘q bo‘lib ketgandi. Har kecha ‘ertaga uyg‘onarmikanman?’ deb uxlardim. To‘rt yil bunday azobdan keyin chiqib intervyu qilib o‘tirish ham menimcha, mo‘’jiza»,— deydi xonanda.

Kiritildi: 16:12 21.05.2021. O'qildi: 5559 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!