“PSJ”ning marokashlik himoyachisi Ashraf Hakimi jamoaning muhim bo‘lagi ekanligini tushunib, klub bilan shartnomasini uzaytiradi. Bu haqda RMC Sport'ga tayanib Daryo nashri xabar berdi.
Manba bergan xabarga ko‘ra, klub futbolchi bilan shartnomani uzaytirish borasida prinsipial kelishuvga erishgan, biroq bu haqda hali rasman e’lon qilinmagan.
Avvalroq OAV Hakimining do‘sti va sobiq jamoadoshi Kilian Mbappe ko‘chib o‘tgan “Real Madrid”ga qaytishi mumkinligi haqida xabar tarqatgan edi.
Ashraf Hakimi “Real Madrid” tarbiyalanuvchisi. Himoyachining parijliklar bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi. O‘tgan mavsumda himoyachi barcha turnirlarda 40 ta o‘yin o‘tkazib, 5 ta gol urgan va 7 ta golli uzatmani amalga oshirgan.