Tadbirkorlikni rivojlantirish uchun olingan kreditlar o‘z vaqtida to‘lanmasa qarzdorlikni qoplash uchun qo‘yilgan garovdagi mulk qo‘ldan ketishi mumkin.
Asaka tumanlararo iqtisodiy sudining 25.10.2024 yildagi ijro hujjatida qarzdor “AGF Andijon golden fruits” MCHJ undiruvchi “O‘zmilliybank” AJ foydasiga jami 2,6 mlrd. so‘m kredit qarzini to‘lashi ko‘rsatilgan. Shu bilan birga, undiruvni garovdagi qo‘shimcha javobgarga tegishli davolash bino-inshootlari va kredit mablag‘lariga sotib olingan uskuna va dastgohlarga qaratilishi belgilangan.
Byuroning Asaka tuman bo‘limi xodimlari ijro harakatlari olib borib, qarzdorlarga ogohlantirishlar bergan. Shunga qaramay, kredit qarzlari to‘lanmagach, 16 mlrd. 880 mln. so‘mlik davolash bino-inshooti hamda un ishlab chiqarish dastgohlari xatlab qo‘yildi.
Hozirda xatlangan mol-mulklarni elektron onlayn-auksion savdosiga chiqarish choralari ko‘rilmoqda.