Asaka tumanida yashovchi er-xotin ajrashgach, o‘rtadagi ikki avtomashinani bo‘lisha olmay qoldi. Sudning qaroriga ko‘ra, avtomashinalarning yarim puli ayolga berilishi belgilab berildi.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Asaka tumanlararo sudining ijro hujjatiga muvofiq, qarzdor G‘.X.dan undiruvchi A.X. ga avtomashinalar umumiy qiymatining teng yarmi, ya’ni 110 mln 238 ming so‘m undirib berilishi ko‘rsatilgan bo‘lib, bu borada Byuroning Asaka tuman bo‘limi xodimlari tegishli tartibda ijro harakatlarini olib bordi.
Ijro harakatlari davomida qarzdorga sud hujjatida ko‘rsatilgan mablag‘ A.X.ga berilgan taqdirdagina, uning mulkka egalik huquqi tugatilishi tushuntirildi.
Taraflarning o‘zaro kelishuviga ko‘ra, ikkita “Damas” avtomashinasidan ulush hisobiga erkak sobiq ayoliga 7 000 AQSh dollari to‘lab beradigan bo‘ldi.
Jarayonda, ayolning avtomashinalardan bo‘lgan haqi undirib berildi va ikkita “Damas” G‘.X.ning egaligida qoldi.