Yarimog‘ir vazn toifasida mutlaq jahon chempioni Artur Beterbiyev ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida so‘rovnoma tashkil etdi.
U obunachilaridan Dmitriy Bivol bilan revansh haqida so‘radi.
So‘rovnoma ishtirokchilarining 86 foizi revansh o‘tkazilishi tarafdori. 14 foizi esa revanshga qarshi chiqqan.
Eslatib o‘tamiz, Bivol va Beterbiyev o‘rtasidagi jang oktyabr oyida o‘tkazilgan va unda Beterbiyev ochkolar evaziga g‘alaba qozonib, yarimog‘ir vazn toifasining mutlaq chempioniga aylangandi.