Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

«Arsenal» O‘zilni sotib yuborishga tayyor

«Arsenal» O‘zilni sotib yuborishga tayyor

«Arsenal» klubi germaniyalik yarim himoyachi Mesut O‘zil bo‘yicha kelib tushadigan takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor, deb yozadi Mirror.

London klubi bosh murabbiyi Unai Emeri O‘zil transferidan kelib tushadigan mablag‘ni yangi o‘yinchilar olib kelinishi uchun sarflanishni xohlamoqda.

Qayd etilishicha, London klubi uchun yangi o‘yinchilarni sotib olishga atigi 45 million funt ajratilgan. Klub Yevropa Chempionlar Ligasiga chiqa olmaganligi sabab katta mablag‘dan ayrildi.

O‘zilning maoshi kattaligi sababli ham u tez orada jamoani tark etishi oydinlashib bormoqda. Mesut Londonda haftasiga 350 ming funt maosh oladi. «To‘pchilar» uning transferidan 30 million funt ishlab olishni ko‘zlab turibdi.

Manba: daryo. uz

Kiritildi: 04:45 16.06.2019. O'qildi: 1572 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!