Angliya premer-ligasining 20-turi doirasida Londonning “Arsenal” klubi safarda “Brayton” bilan durang o‘ynadi.
"Falmer" stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuvni bosh hakam Entoni Teylor boshqarib bordi.
16-daqiqada Etan Nveri mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi, 61-daqiqada Joau Pedro penaltini aniq amalga oshirib, “chayqalar”ga bir ochko keltirdi – 1:1.
Shu tariqa, 20 turdan keyin nemis murabbiyi Fabian Xyurzel shogirdlari 28 ochko bilan turnir jadvalida 10-o‘rinda bormoqda. “Kanonirlar” 40 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda.
Turnir jadvali peshqadami “Liverpul” (45 ochko).