"Real" Endrikni ijaraga yubordi - 19 yoshli braziliyalik hujumchi o‘yin amaliyoti uchun "Lion"ga yo‘l oldi. Defensa Central ma’lumotiga ishonadigan bo‘lsak, "Arsenal" "Real"ga hujumchi Gabriel Jezus ijarasi orqali bo‘shan o‘rinni to‘ldirishni taklif qilgan.
"Real" Endrik ketganidan keyin markaziy hujum chizig‘iga yangi futbolchi olib kelmoqchi emas. Gap shundaki, madridliklarda Kilian Mbappega o‘rinbosar bor. Bu Gonsalo Garsiya.
Gabriel Jezus yaqinda tizzasidan olgan jiddiy jarohatidan forig‘ bo‘ldi. Shundan buyon 28 yoshli braziliyalik futbolchi 4ta o‘yinda maydonga tushdi.