Bugun 22 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

"Arsenal"ga "Barselona" yulduzi kerak

"Arsenal"ga "Barselona" yulduzi kerak

"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta jamoaga ijodkorlik va tajriba qo‘shish uchun yangi futbolchi bilan shartnoma imzolamoqchi. Transfer News Live nashrining Fichajes nashriga tayanib xabar berishicha, London klubi "Barselona" yarim himoyachisi Frenki de Yongga ko‘z tikmoqda.

28 yoshli de Yongning "Barselona" bilan amaldagi shartnomasi 2025/2026 yilgi mavsum oxirigacha mo‘ljallangan, ya’ni kelasi yozda niderlandiyalik erkin agentga aylanishi mumkin. Vaziyatni inobatga olgan holda, kataloniyaliklarga niderlandiyalikni qishda sotib yuborish foydaliroq bo‘lishi mumkin, shunda yarim yildan keyin bepul qo‘ldan boy berilmaydi.

Nufuzli Transfermarkt portali Frenki de Yongni 45 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 19:33 15.09.2025. O'qildi: 838 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!