Rossiya Tashqi razvedka xizmati (SVR) Armanistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (EOII)dan chiqishi mamlakat iqtisodiyoti uchun jiddiy salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligini bildirdi.
Idora tarqatgan bayonotda qayd etilishicha, Yevropa Ittifoqi ham Armaniston YEOIIni tark etgan taqdirda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan iqtisodiy xatarlarni yaxshi anglaydi. SVR talqiniga ko‘ra, Bryusselning o‘zi ham Rossiyaga qarshi sanksiyalar va Ukrainani qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq iqtisodiy qiyinchiliklarni boshdan kechirayotgani sababli, Armanistonning ehtimoliy iqtisodiy yo‘qotishlarini qoplash imkoniyati cheklangan.
Shunga qaramay, Rossiya razvedkasi Yevropa tuzilmalari Yerevanni Yevropa Ittifoqiga yaqinlashish siyosatini davom ettirishga undayotgani va unga har tomonlama yordam berishga tayyorligini bildirib kelayotganini ta’kidladi.
SVR, shuningdek, Yevropa Ittifoqi Armanistonni Rossiya bilan iqtisodiy hamkorlikni qisqartirishga rag‘batlantirayotganini qayd etdi.
Bayonotda YEOIIga a’zo davlatlar Armanistonning Yevropa integrasiyasi yo‘liga moliyaviy ko‘mak berishi va bir vaqtning o‘zida uning iqtisodiyotida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlarni bartaraf etishi kutilmasligi lozimligi ham ta’kidlangan.