Armaniston poytaxti Yerevanda davom etayotgan namoyishlarning 49 nafar ishtirokchisiga nisbatan jinoiy ish ochildi.
Bu haqda Armaniston Tergov qo‘mitasi ma’lum qildi.
Yana 5 kishi hibsga olingani qayd etildi. Faollar ommaviy tartibsizliklarda qatnashish, bezorilik, davlat amaldorlariga zo‘ravonlik qo‘llash, giyohvand moddalarning noqonuniy savdosi va sovuq qurol olib yurishda ayblanmoqda.
Hozirda Armanistonda norozilik namoyishlari davom etmoqda, ishtirokchilar va polisiya o‘rtasida nizo bor.
Aksiya ishtirokchilari hukumat iste’fosini talab qilmoqda.