Armaniston xavfsizlik kengashi kotibi Armen Grigoryan Armaniston jamoat televideniyesiga bergan intervyusida Ozarbayjon bilan yil oxirigacha tinchlik shartnomasi imzolanishi mumkinligini aytdi.
RIA Novosti xabariga ko‘ra, muzokaralar juda qizg‘in kechmoqda.
“Agar biz bu shiddatni saqlab qola olsak va xalqaro hamjamiyatdan oldinga siljish uchun kuchli qo‘llab-quvvatlansa, yil oxirigacha tinchlik shartnomasiga erishish imkoniyati bor”, dedi Grigoryan.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Yerevan imkon qadar tezroq tinchlik shartnomasini tuzishga erishmoqchi.