Pashinyan Armaniston va Ozarbayjonga anklavlarni bartaraf etish uchun teng maydonli hududlarni almashishni taklif qildi.
Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Ozarbayjon bilan ikki davlat chegarasidagi anklav va eksklavlar masalasini hal qilish uchun maydoni teng bo‘lgan hududlarni o‘zaro almashishni taklif qildi.
Pashinyanning ta’kidlashicha, bunday almashinuv davlatlarning umumiy hududiy maydonini o‘zgartirmagan holda anklav va eksklavlarni bartaraf etish imkonini beradi.
Hukumat rahbari Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasidagi chegarani delimitasiya va demarkasiya qilish 1991 yilgi Olmaota deklarasiyasi asosida amalga oshirilishi kerakligini ta’kidladi. Yerevan pozisiyasiga ko‘ra, Armaniston hududining maydoni 29 743 kvadrat kilometrni tashkil etishi lozim.
Ushbu loyiha Ozarbayjonning asosiy hududi bilan Naxichevon Avtonom Respublikasi o‘rtasida Armaniston hududi orqali transport aloqasini rivojlantirishni nazarda tutadi.
Pashinyanning fikricha, bu qadamlar ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarni uzil-kesil tartibga solish va barqaror tinchlik o‘rnatish uchun zarur.