Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan bu haqda Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin bilan uchrashuvda ma’lum qildi.
"Saylovdan oldin ham, saylovdan keyin ham biz Rossiya bilan munosabatlarimizni yanada rivojlantirish niyatida bo‘lib kelganmiz", — dedi Pashinyan.
Armaniston Bosh vaziri, shuningdek, mamlakat YEOIIda (Evroosiyo iqtisodiy ittifoqi) ishtirok etishdan manfaatdor ekanini ta’kidladi.
Shuningdek, Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin o‘z bayonotida Rossiya Armaniston bilan gumanitar hamkorlikni qadrlashini ta’kidladi.