Bugun 12 mart, 2026 yil, payshanba

КИР

Armaniston Qorabog‘dan kelgan qochqinlar uchun Rossiyaning gumanitar yordamini qabul qilishdan bosh tortdi

Armaniston Qorabog‘dan kelgan qochqinlar uchun Rossiyaning gumanitar yordamini qabul qilishdan bosh tortdi

Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarovaning ma’lum qilishicha, gumanitar yuk “Rossiya gumanitar missiyasi”, “Evroosiyo” va “Rossotrudnichestvo” orqali yuborilgan.

Uning tarkibida oziq-ovqat mahsulotlari, eng zarur tovarlar va bolalar uchun maxsus to‘plamlar bo‘lgan.

Armaniston tomoni rad etishni saylovoldi davrida xayriya yordamini qabul qilish mumkin emasligi bilan izohlagan.

Zaxarova esa bu qarorni tanqid qilib, Yerevan Rossiya haqidagi har qanday eslatmani yo‘qotishga urinayotganini aytdi. Uning fikricha, bunday qarordan eng avvalo Armanistonning o‘zi va uning fuqarolari zarar ko‘radi.

Kiritildi: Bugun 18:33. O'qildi: 393 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!