Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Argentinada muxolifat mamlakat prezidentiga “kriptovalyuta firibgarligi” fonida impichment bilan tahdid qilmoqda

Argentinada muxolifat mamlakat prezidentiga “kriptovalyuta firibgarligi” fonida impichment bilan tahdid qilmoqda

14 fevral kuni prezident Xavyer Miley o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida kam tanilgan $LIBRE kriptovalyutasidan foydalanishni tavsiya qilgandi. Reuters agentligining xabar berishicha, shundan so‘ng ushbu kriptovalyuta narxi 5 dollargacha oshgan, biroq biroz vaqtdan keyin 1 dollardan pastga tushgan.

$LIBRE kriptovalyutasining narxi qulaganidan keyin Miley X ijtimoiy tarmog‘idagi postini o‘chirib tashladi va bu loyihaning tafsilotlarini bilmaganini, ularni bilib olgach, "bu haqda axborot tarqatishni davom ettirmaslikka qaror qilganini" tushuntirdi.

Mamlakatning sobiq prezidenti Kristina Kirshner Mileyni "kriptofiribgar" deb atadi va unga qarshi chora ko‘rishga chaqirdi.

"Bizni xalqaro miqyosda sharmanda qiladigan ushbu mojaro prezidentning impichmentini ko‘rib chiqishni talab qiladi", — deya ta’kidladi muxolifat deputati Leandro Santoro.

Boshqa bir muxolif siyosatchi Maksimiliano Ferraro esa parlamentni “maxsus tergov komissiyasi” tuzishga chaqirib, bu komissiya "faktlarni aniqlab, javobgarlik masalasini hal qilishi" kerakligini aytdi.

Radikal libertarian siyosatchi hisoblanuvchi Xavyer Miley 2023 yilda prezidentlikka saylangan bo‘lib, Argentina iqtisodiyotini barqarorlashtirishni va’da qilgan edi. Uning prezidentlikdagi ilk 100 kuni “iqtisodiyotda shok terapiyasi” siyosatiga qarshi ommaviy norozilik namoyishlari bilan o‘tgan.

Kiritildi: 06:35 18.02.2025. O'qildi: 923 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!