Bugun 5 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Argentinada endi 7 balldan yuqori zilzila ro‘y berdi

Argentinada endi 7 balldan yuqori zilzila ro‘y berdi

Argentina janubiy qirg‘oqlarida 7,1 magnitudali kuchli zilzila sodir bo‘ldi. Yevropa-O‘rtayer dengizi seysmologiya markazi xabar berishicha, yer silkinishlari Argentinaning Ushuaya shahridan 285 km janubi-sharqda va Chilining Punta Arenas shahridan 511 km uzoqlikda qayd etilgan.

Zilzila o‘chog‘i 10 km chuqurlikda joylashgan. Ushuayada 58 mingga yaqin aholi istiqomat qiladi, Punta Arenasda esa 117 mingga yaqin aholi istiqomat qiladi.

Rasmiylar sunami xavfi haqida ogohlantirgan. Ehtimoliy vayronagarchilik va qurbonlar haqidagi ma’lumotlarga aniqlik kiritilmoqda.

Kiritildi: 21:44 02.05.2025. O'qildi: 380 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!