Bugun 31 oktyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Argentinada Bolsonaroning Braziliyadan chiqib ketishi holatlari yuzasidan tekshiruv boshlandi

Argentinada Bolsonaroning Braziliyadan chiqib ketishi holatlari yuzasidan tekshiruv boshlandi

Argentina federal sudyasi Mariya Kapuchetti migrasiya organlaridan sud taqiqi mavjudligiga qaramay, Braziliyani tark etgan braziliyalik senator Flaviu Bolsonaroning mamlakatga kirgani haqidagi ma’lumotlarni so‘radi.

Sudya Bolsonaru oilasi bilan Ekvadorga, u yerdan esa AQShga yo‘l olish uchun uchib ketgan Puerto-Iguasu shahri aeroportidagi kuzatuv kameralari yozuvlarini saqlab qolishni ham buyurgan.

Bundan tashqari, Kapuchetti Argentina hukumatidan Braziliya rasmiylari senatorning prosessual maqomi va unga nisbatan amal qilgan cheklovlar haqida rasmiy tartibda xabar bergan-bermaganini ma’lum qilishni talab qildi.

Sudya Mehnat partiyasi faoli Gabriel Solano shikoyatini o‘rganayotgan prokuror Paloma Ochoaning iltimoslarini qanoatlantirdi.

Solano o‘z murojaatida ehtimoliy yashirish holatlari, hokimiyat vakolatlarini suiiste’mol qilish, xizmat vazifalarini lozim darajada bajarmaslik, shuningdek, davlat mablag‘larini o‘zlashtirish va isrof qilish holatlarini tergov qilishni talab qilgan.

Kiritildi: 10:05 30.10.2026. O'qildi: 609 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!