Argentina terma jamoasi va “Barselona” klubi hujumchisi qachondir Argentina terma jamoasi va “Barselona” o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazilishini orzu qilishini aytdi. Agar bu voqea yuz bersa, qaysi jamoa sharafini himoya qilishini ham ta’kidlab o‘tdi. Leoning fikricha, bu o‘yin xayrlashuv uchrashuvi bo‘lsa, ayni muddao bo‘lardi.
“Agar men futboldan ketadigan bo‘lsam, xayrlashuv o‘yinimda 45 daqiqa Argentina, 45 daqiqa “Barselona” sharafini himoya qilaman”.