Bugun 1 aprel, 2025 yil, seshanba

КИР

Argentina prezidenti Xavyer Miley nasistlar haqidagi hujjatlarni oshkor etishni buyurdi

Argentina prezidenti Xavyer Miley nasistlar haqidagi hujjatlarni oshkor etishni buyurdi

Argentina prezidenti Xavyer Miley Ikkinchi jahon urushidan so‘ng mamlakatda boshpana topgan nasistlar haqidagi hujjatlarni oshkor etishni buyurdi.

Bosh vazir Gilermo Frankosning ma’lum qilishicha, mazkur qaror AQSh Senatidagi Respublikachilar partiyasi vakili Stiv Deynsning iltimosiga javoban qabul qilingan.

"Prezident barcha hujjatlarni e’lon qilish bo‘yicha ko‘rsatma berdi, chunki bu ma’lumotni yashirishni davom ettirishga asos yo‘q", — dedi Frankos.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Ikkinchi jahon urushi tugaganidan so‘ng taxminan 10 ming nafar nasist Argentina va Janubiy Amerikadagi boshqa mamlakatlarga qochib ketishga muvaffaq bo‘lgan. Ular orasida Osvensimda odamlar ustida tajribalar o‘tkazgan vrach Yozef Mengele va “Holokost me’mori” Adolf Eyxman ham bor.

Kiritildi: 19:15 25.03.2025. O'qildi: 1202 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!