Bugun 30 may, 2025 yil, juma

КИР

Argentina prezidenti Xaver Miley AQSh vazirini oltin benzin arra bilan kutib oldi — siyosatda yangi ramz!

Argentina prezidenti Xaver Miley AQSh vazirini oltin benzin arra bilan kutib oldi — siyosatda yangi ramz!

Argentina prezidenti Xaver Miley AQSh sog‘liqni saqlash vaziri Robert Kennedi-kichikni oltin benzin arra bilan kutib oldi.

27 may kuni kechqurun u Argentinaga tashrif buyurdi. Muzokara davomida Miley va Kennedi, jumladan, "siyosat va korrupsiyadan xoli bo‘lgan" Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkilotiga muqobil tashkilot yaratish masalasini muhokama qildi. Shu bilan birga, ularning stoli oltin benzin arra bilan bezatilgandi. Ikkala siyosatchi ham u bilan suratga tushdi.

Benzin arra Mileyning "korrupsiyaga botgan siyosatchilarning xarajatlari ustidan nazoratni kuchaytirish" rejasining ramziga aylandi. Ilgari u amerikalik milliarder Ilon Maskka ham shunday sovg‘a qilgan edi.

Kiritildi: 23:29 28.05.2025. O'qildi: 809 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!