Argentina hukumati parlamentga ijro hokimiyati keraksiz deb hisoblagan 70 ta qonunni bekor qiluvchi qonun loyihasini taqdim etdi.
Bu haqda tartibga solishni bekor qilish va davlat transformasiyasi vazirligi ma’lum qildi.
"To‘kilgan barglar to‘g‘risida"gi qonun orqali hukumat fuqarolarning shaxsiy erkinliklarini cheklab qo‘yuvchi va har xil turdagi ortiqcha tartibga solish orqali keraksiz xarajatlar keltirib chiqaradigan to‘siqlarni olib tashlash niyatida", — deyiladi departament bayonotida.
Matnda aniqlik kiritilishicha, agar qonun loyihasi qabul qilinsa, o‘z ahamiyatini yo‘qotgan, yangi qonunlar bilan kesishgan yoki keraksiz byurokratik yukni keltirib chiqaradigan normalar bekor qilinishi mumkin. Deregulyasiya va davlat transformasiyasi vaziri Federiko Sturseneggerning so‘zlariga ko‘ra, jami 70 ta qonun haqida gap ketmoqda.
Ular orasida, xususan, Argentina ommaviy axborot vositalarida xorijiy kapital ishtirokini cheklovchi qonun ham bor. Amaldagi me’yorga ko‘ra, faqat Argentina kompaniyasi gazeta yoki telekanal egasi bo‘lishi mumkin, xorijiy kompaniyalarning ulushi esa 30 foizdan oshmasligi kerak.