Argentina BMTning Livandagi tinchlikparvar missiyasidan to‘rt nafar harbiy xizmatchisini chaqirib oldi.
Bu haqda jahon tashkiloti bosh kotibi o‘rinbosari Jan-Pyer Lakrua BMTning Nyu-Yorkdagi shtab-kvartirasida jurnalistlar uchun o‘tkazilgan brifing chog‘ida ma’lum qildi.
"Ha, Argentina UNIFIL (BMTning Livandagi Muvaqqat kuchlari) va Livandagi kuzatuvchilar guruhidan to‘rt nafar zobitini olib chiqdi, ishonaman. Bunday qaror qabul qilish har qanday a’zo davlatning vakolatidir", - dedi u.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti ushbu qarorni "eslatma uchun" qabul qildi, deya qo‘shimcha qildi Lakrua.
Eslatib o‘tamiz, Argentina UNIFIL donor-mamlakatlari orasida birinchi bo‘lib o‘z harbiylarini tinchlikparvarlik missiyasidan olib chiqdi. Qaror Isroilning Livandagi amaliyoti va Moviy chiziqdagi tinchlikparvar kuchlarning o‘ziga qarshi hujumlari kuchayishi fonida qabul qilindi.