Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aragchi NBC telekanaliga bergan intervyusida AQSh Eron siyosiy tizimini buzishda muvaffaqiyatsizlikka uchraganini aytdi.
Eron tashqi ishlar vaziri Vashington o‘zining asosiy maqsadiga - tezkor g‘alabaga erisha olmaganini ta’kidladi.
"Tizim ishlayapti; halok bo‘lganlarning o‘rniga yangi qo‘mondonlar tayinlandi va tez orada yangi Oliy Rahbar o‘z o‘rnini egallaydi. Hammasi joyida", dedi Aragchi.
U Eron 2025 yil iyun oyida AQSh va Isroilning hujumlaridan "ko‘p saboq olgani" haqidagi fikrni bildirdi.
"Endi ular B rejasi haqida gapirishmoqda, menimcha, bu ular uchun yanada katta muvaffaqiyatsizlik bo‘ladi", deb qo‘shimcha qildi Aragchi.