27-fevral kuni Qohirada Falastin masalasi bo‘yicha Arab davlatlari ligasining (LAS) favqulodda sammiti bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Misr tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“So‘nggi bir necha kun ichida o‘tkazilgan maslahatlashuvlar yakuniga ko‘ra, Arab Ligasining favqulodda sammiti 27-fevral kuni Qohirada bo‘lib o‘tishiga qaror qilindi”, — deyiladi Misr tashqi ishlar vazirligining maxsus press-relizida. Misr Tashqi ishlar vazirligi sammitda “jiddiy xavf tug‘diruvchi Falastin yo‘lidagi so‘nggi o‘zgarishlar” muhokama qilinishi rejalashtirilganligini va sammitning o‘zi Falastin iltimosiga ko‘ra o‘tkazilishini ta’kidladi.