Bugun 14 yanvar, 2026 yil, chorshanba

КИР

Arab davlatlari va Isroil rasmiylari AQShni Eronga zarba berishni kechiktirishga chaqirdi

Arab davlatlari va Isroil rasmiylari AQShni Eronga zarba berishni kechiktirishga chaqirdi

Bu haqda NBC News xabar berdi.

Yaqin Sharq mintaqasi mamlakati amaldorlaridan biri Tramp ma’muriyatiga Erondagi rejim hozircha yetarlicha zaiflashmaganini, shu sababli harbiy zarbalar uni qulatish uchun hal qiluvchi omil bo‘lmasligi mumkinligini bildirgan.

"Isroil yoki AQSh tomonidan Eronga qilinadigan har qanday hujum yoki keskin harakat mamlakat aholisini hukumat atrofida birlashtirishi mumkin. O‘tgan yilning iyun oyida AQSH–Isroil tomonidan amalga oshirilgan hujumdan keyin Eronda shunday jipslashuv effekti kuzatilgan edi", — deya fikr bildirdi rasmiylardan biri.

Manbalarga ko‘ra, Isroil Erondagi hukmron rejimni zaiflashtirish va namoyishchilarni qo‘llab-quvvatlash uchun boshqa choralar, jumladan internet bloklanishini chetlab o‘tish, iqtisodiy sanksiyalarni kuchaytirish, kiberhujum yoki muayyan rahbarlarga yo‘naltirilgan harbiy harakatlarni amalga oshirishni tavsiya qilgan.

Kiritildi: Bugun 14:15. O'qildi: 443 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!