Bugun 9 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Ar-Riyod metrosi Ginness kitobiga kiritildi

Ar-Riyod metrosi Ginness kitobiga kiritildi

Saudiya Arabistonining Ar-Riyod metropoliteni rasman Ginnessning rekordlar kitobiga o‘ziyurar poyezdlarning eng uzun tarmog‘i sifatida kiritildi, deb xabar berdi Arabi Today.

Ar-Riyod metropoliteni uzunligi — 176 kilometr. Ushbu rekord podshohlikning zamonaviy va barqaror transport tizimlarini yaratishdagi shijoatini ifodalaydi.

Metropoliten Saudiya poytaxti transport tizimining muhim qismi bo‘lib, zamonaviy texnologiyalar asosida ishlaydigan 85 ta bekatdan iborat 6 ta yaxlit yo‘nalishni o‘z ichiga oladi. Ekspluatasiya to‘liq avtomatlashtirilgan va mashinistsiz amalga oshiriladi, yuqori texnologiyali markaziy dispetcherlik xonalari orqali nazorat aniqligi, tashish xavfsizligi va sifati ta’minlanadi.

Kiritildi: 15:23 01.12.2025. O'qildi: 945 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!