Saudiya Arabistoni Yaman isyonchi harakati Ansar Alloh (Hutiylar)ning Yaqin Sharqdagi harbiy mojaroga aralashishining oldini olish uchun sa’y-harakatlarni amalga oshirmoqda.
Bu haqda The Wall Street Journal (WSJ) xabardor manbalarga tayanib xabar berdi.
Ushbu manbalarga ko‘ra, Saudiya Arabistoni rasmiylari Hutiylarni jangovar harakatlarga aralashishdan to‘xtatish uchun diplomatik kanallardan foydalanmoqda.
Gazeta manbalariga ko‘ra, Vashington va Tel-Aviv o‘z navbatida Ansar Allohni mojaroga undashi mumkin bo‘lgan provokasion qadamlarning oldini olishga harakat qilmoqda.
Hutiylar siyosiy byurosi vakili Muhammad al-Buheyti 14 mart kuni harakat Tehron bilan to‘liq muvofiqlashtirishni davom ettirayotganini va Eronga harbiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi qaror tegishli vaqtda e’lon qilinishini ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, 28 fevral kuni AQSh va Isroil Eronga qarshi harbiy operasiya boshladilar. Natijada Eronning oliy rahbari Oyatulloh Ali Xomeney va boshqa bir qancha yuqori lavozimli amaldorlar o‘ldirildi. Keyin Eron Isroildagi nishonlarga, shuningdek, AQSh va uning Saudiya Arabistoni, Qatar, BAA, Ummon, Bahrayn, Iroq va Kiprdagi ittifoqchilari bilan bog‘liq ob’ektlarga zarba berishni boshladi.