Turkiyaning Ordu viloyatidagi Une qishlog‘ining Qora dengiz sohilida Amerikada ishlab chiqarilgan AEGIR droni topildi.
Dron mahalliy aholi tomonidan topilgan va ular bu haqda rasmiylarga xabar berishgan. U Amerikaning Sierra Nevada Corporation (SNC) kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan AEGIR droni ekanligi aniqlandi.
Tekshiruvdan so‘ng, dron qirg‘oqdan 2 dengiz mili (3218 metr - tahr.) masofada yo‘q qilindi.
Shuni ta’kidlash kerakki, taxminan 10 metr uzunlikdagi AEGIR-W maksimal masofasi 900 km va 25 tugundan oshiq tezlikka ega. Avtonom ravishda vazifalarni bajarishga qodir dron 300 kg yuk ko‘tarish quvvatiga ega.
Dron Ukraina tomonidan Rossiyaga qarshi ishlatilgan va noma’lum sabablarga ko‘ra oqimlar orqali Turkiya qirg‘oqlariga olib ketilgan bo‘lishi mumkin deb taxmin qilinmoqda. Portlovchi moddalarni olib yuradigan shunga o‘xshash uchuvchisiz uchish apparatlari ilgari Turkiya qirg‘oqlari yaqinida topilgan edi.
Dron Turkiya dengiz flotining maxsus kuchlari tomonidan yo‘q qilindi.