Ijtimoiy tarmoqlarda Aqtov yaqinida halokatga uchragan Azerbaijan Airlines samolyoti o‘rnida xotira majmuasi o‘rnatilgani haqidagi tasvirlar paydo bo‘ldi.
AZERTAJning xabar berishicha, u samolyot qoldiqlari joylashgan hudud atrofini o‘rab turgan metall to‘siqdan iborat bo‘lib, o‘rindiqlar va gullar bilan bezatilgan.
To‘pqorag‘on tumani hokimligi mahalliy ommaviy axborot vositalariga xotira majmuasini o‘rnatish tashabbusi bilan Mangistau viloyati aholisi chiqqanini ma’lum qildi: "Ular o‘z mablag‘lari hisobidan halok bo‘lganlar xotirasini yod etishga qaror qilishdi, bunga byudjet mablag‘lari sarflanmadi."
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning 25 dekabr kuni Qozog‘istonning Aqtov shahri yaqinida Boku-Grozniy yo‘nalishi bo‘yicha parvoz qilayotgan AZAL yo‘lovchi samolyoti halokatga uchragan edi. Samolyot bortida bo‘lgan 67 kishidan 38 nafari halok bo‘lgan, 29 nafari omon qolgan.