Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

AQShning yangi qurol partiyasi Ukrainaga yuborilishga tayyor

A A A
AQShning yangi qurol partiyasi Ukrainaga yuborilishga tayyor

NYT gazeta manbalariga ko‘ra, yangi harbiy yordam paketiga Patriot havo hujumidan mudofaa tizimlari, raketalar va o‘q-dorilar kiradi.

"Qo‘shma Shtatlarning NATO'dagi ittifoqchilari bu qurollarni prezident Donald Tramp bilan tuzilgan kelishuv doirasida xarid qilib, keyin Kiyevga topshiradi. Mazkur qurollar Ukrainaga Rossiya hujumlaridan himoyalanishga yordam beradi", deya yozmoqda The New York Times.

Nashrning ma’lum qilishicha, deyarli barcha qurollar Ukrainaga zudlik bilan yetkazib berilishi mumkin.

"Gap mavjud zaxiralardan olingan yoki yaqinda ishlab chiqarilgan qurollar haqida bormoqda", deya qo‘shimcha qilingan maqolada.

Kiritildi: 22:35 15.07.2025. O'qildi: 485 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!