Bugun 16 may, 2025 yil, juma

КИР

AQShning Yamanga uyushtirgan hujumlari natijasidagi halok bo‘lganlar soni 33 kishiga yetdi

A A A
AQShning Yamanga uyushtirgan hujumlari natijasidagi halok bo‘lganlar soni 33 kishiga yetdi

AQShning Yamandagi aviazarbalari oqibatida kamida 33 kishi halok bo‘ldi, 80 kishi yaralandi.

Bu haqda Yamanning “Ansor Alloh” harakatidan hutiy isyonchilar nazorati ostidagi "Al Masirah" telekanali ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Al-Hodeyda provinsiyasining Qizil dengiz sohilida joylashgan, neft terminali joylashgan Ras-Isa portiga jumaga o‘tar kechasi havodan hujum qilingan. U yerda katta yong‘in chiqdi. AQSh Harbiy-havo kuchlari kamida 14 ta reyd o‘tkazdi, ular bomba portlash joyiga tibbiy guruhlar va fuqarolik mudofaasi xodimlari yetib kelganidan keyin davom etdi. Husiylar tomonidan tuzilgan hukumatning Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, vayronalar tozalanishi bilan qurbonlar va jarohatlanganlar soni ortib boradi. Avvalroq 17 nafar ishchi va xizmatchi, shuningdek, 5 nafar tez tibbiy yordam xodimi halok bo‘lgani haqida ma’lumot olingan edi.

Kiritildi: 09:13 18.04.2025. O'qildi: 873 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!