Amerikaning yadroviy suv osti kemasi USS Columbia Pusan portiga zaxiralarni to‘ldirish va ekipajlari dam olish uchun kirdi.
Bu haqda Yonhap agentligi Janubiy Koreya harbiy-dengiz kuchlariga tayanib xabar berdi.
Los-Anjeles toifasidagi suv osti kemasi dushanba kuni Pusanga yetib keldi. Janubiy Koreya tomoni amerikalik ekipaj bilan ular bo‘lish vaqtida “do‘stona almashinuv” o‘tkazishni rejalashtirmoqda.
Sentyabr oyida Virginia toifasidagi USS Vermont yadroviy suv osti kemasi xuddi shu maqsadda Pusanga kirdi. Keyin KXDR yetakchisining singlisi Kim Yo Chen AQSh harbiy-dengiz kuchlarining suv osti kemasi Koreya yarim orolida amerikalik dengizchilar o‘zini xavfsiz his qilishi mumkin bo‘lgan panoh topa olmasligini aytdi.