Bu haqda Yadroviy qurolni yo‘q qilish bo‘yicha xalqaro kampaniya (ICAN) ma’ruzasida aytilmoqda.
Qo‘shma Shtatlar 69,2 milliard dollar sarfladi — bu qolgan barcha yadroviy davlatlarning birgalikdagi xarajatlaridan ham ko‘pdir. Umuman olganda, yadroviy qurolga ega bo‘lgan to‘qqizta davlat (AQSH, Rossiya, Xitoy, Buyuk Britaniya, Fransiya, Hindiston, Pokiston, Isroil va Shimoliy Koreya) o‘z qurol-yarog‘ omborlari uchun xarajatlarni 19 foizga oshirib, rekord darajadagi 119 milliard dollarga yetkazdi.
ICAN hisobotida ko‘rsatilishicha, so‘nggi besh yil ichida yadroviy davlatlar o‘z arsenallariga jami 471 milliard dollar sarflagan. 2025 yilda yadroviy qurolga bir kunda sarflangan mablag‘ 2 million kishini bir yil davomida oziq-ovqat bilan ta’minlashi mumkin edi, yillik xarajatlar esa BMTning muntazam byudjetini 32 yilga qoplashga yetardi, deyiladi bayonotda.