Bugun 19 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

AQShning Ukrainadagi elchisi Brijit Brink iste’foga chiqmoqda

AQShning Ukrainadagi elchisi Brijit Brink iste’foga chiqmoqda

AQSh Davlat departamenti vakilining “Suspilne” nashriga ma’lum qilishicha, Brijit Brink o‘z xohishi bilan iste’foga chiqmoqda.

"Brink Ukrainada uch yil elchilik qildi, bu jang harakatlari hududida uzoq muddat hisoblanadi", – deya izoh berdi Qo‘shma Shtatlar Davlat departamentining ismini oshkor etmagan hodimi.

CBS News xabariga ko‘ra, Brink Donald Trampning qasamyod marosimidan so‘ng lavozimini tark etmoqchi bo‘lgan, ammo o‘shanda uning iste’fosi qabul qilinmagan.

FT muxbiri Kristofer Millerning o‘z manbalariga tayanib xabar berishicha, Brinkning Ukrainadagi elchi lavozimidan ketishiga uning Tramp ma’muriyati siyosatidan norozilgi, shuningdek, shaxsiy sabablar turtki bo‘lgan. Jurnalistning ta’kidlashicha, so‘nggi paytlarda Brinkka ham Tramp ma’muriyati, ham Ukraina prezidenti Zelenskiy tomonidan bosim o‘tkazilgan.

Kiritildi: 18:57 11.04.2025. O'qildi: 908 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!