AQSh prezidentining Ukraina bo‘yicha maxsus vakili Kit Kellog yaqin kunlarda Minskka tashrif buyurib, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan uchrashuv o‘tkazish niyatida.
Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.
Ularning so‘zlariga ko‘ra, bu amerikalik rasmiy va Belarus rahbari o‘rtasidagi ko‘p yillardagi ilk uchrashuv bo‘ladi. Agentlik manbalarining xabar berishicha, Kellog bu safarni Ukrainadagi mojaroga barham berishga qaratilgan tinchlik muzokaralarini boshlashga yordam beradigan qadam sifatida shaxsiy ravishda taqdim etgan bo‘lsa-da, ehtimoliy suhbat mavzulari aniq emas.
Davlat departamenti va Belarusning Vashingtondagi elchixonasi izoh berishdan bosh tortdi. Kellog va Oq uy ushbu ma’lumotga izoh berish so‘roviga javob bermadi.
Bunday sayohatlarni rejalashtirish ehtiyotkorlik bilan maslahatlashishni talab qiladi va rejalar o‘zgarishi va uchrashuv qoldirilishi yoki hatto bekor qilinishi mumkin. Reuters agentligining AQSh ma’muriyatidagi manbalariga ko‘ra, Amerika rasmiylari Minskni Moskva ta’sir doirasidan chiqarib, Vashington orbitasiga oz bo‘lsada olib chiqish yo‘llarini muhokama qilmoqda.