Bugun 16 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

AQShning Tinchlik instituti bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi

A A A
AQShning Tinchlik instituti bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi

 

Vashington shahri (AQSh)da O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri R. Davletovning AQShning Tinchlik instituti vakillari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. 

AQShning Tinchlik instituti nizolarni bartaraf qilish va hal qilish, tinchlik va barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan faoliyatni amalga oshiruvchi mustaqil milliy tashkilotdir. 

Institutning faoliyati o‘tkir xalqaro nizolarni bartaraf etish va tartibga solish, nizodan keyingi vaziyatni barqarorlashtirish, mablag‘larni ko‘paytirish, shuningdek, butun dunyoda nizolarni bartaraf etishga qodir boshqaruv va intellektual solohiyatni rivojlantirishga qaratilgan. 

Adliya vazirligidan ma’lum qilishlaricha, uchrashuv chog‘ida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng miqyosli islohotlar bilan bir qatorda Adliya vazirligi faoliyati haqida ham keng ma’lumot berildi. 

Shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar va nodavlat notijorat tashkilotlarini ro‘yxatdan o‘tkazish, shuningdek vazirlikning fuqarolar huquq va erkinliklarini ta’minlashdagi roli, kutilayotgan hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi. 

Muloqot yakunida tomonlarni qiziqtirgan savollarga javob berildi, bildirilgan fikr va takliflar asosida istiqboldagi hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari belgilab olindi. 
 

Kiritildi: 00:11 16.05.2018. O'qildi: 1504 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik