Qo‘shma Shtatlar Suriya shimoli-sharqidan qo‘shinlarini olib chiqishni boshladi. Ularning soni 500 kishiga kamayishi kutilmoqda.
The New York Times nashriga ko‘ra, Amerika qo‘mondonligi 60 kun ichida qo‘shimcha qisqartirishlar zarurligi masalasini ko‘rib chiqadi.
"Qo‘mondonlar Suriyada kamida 500 nafar amerikalik askarni qoldirishni tavsiya qildi", — deyiladi maqolada.
Shuningdek, ta’kidlanishicha, AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakatda har qanday amerikalik qo‘shinni saqlab qolishga chuqur shubha bildirgan.
Ynet avvalroq AQSh ikki oy ichida Suriyadan qo‘shinlarini olib chiqishni boshlashi haqida xabar bergan edi. Keyinroq AQSh Suriyadagi Dayr-az-Zordagi harbiy bazadan qo‘shinlarini olib chiqishni boshlagani haqida ma’lumot kelib tushdi.