CBS News va YouGov o‘tkazgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp saylovchilar orasida qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha respublikachilar boshqa potensial nomzodlardan sezilarli farq bilan yetakchilik qilmoqda.
Yakshanba kuni e’lon qilingan tadqiqotga ko‘ra, Respublikachilar tarafdorlarining 69 foizi praymerizda Trampga ovoz berish niyatida ekanliklarini aytishgan. Qayd etilishicha, bu sobiq prezidentning bunday so‘rovlarda erishgan eng yuqori ko‘rsatkichidir. Noyabr oyida ushbu ko‘rsatkich 61 foizni tashkil etgan.
Ikkinchi o‘rinda Florida gubernatori Ron DeSantis turibdi, respondentlarning 14 foizi unga ovoz berishga tayyor. AQShning BMTdagi sobiq elchisi Nikki Xeyli uchun 12 foiz, boshqa nomzodlar uchun esa 5 foizdan kam ovoz berilgan.