Bugun 21 fevral, 2025 yil, juma

КИР

AQShning F-35A qiruvchi samolyoti Alyaskada qulab tushdi

AQShning F-35A qiruvchi samolyoti Alyaskada qulab tushdi

Alyaska yarim orolida AQShning F-35A qiruvchi samolyoti qulab tushdi. Uchuvchi katapulta qilishga ulgurdi va tirik qoldi. Bu haqda Associated Press xabar berdi.

Hodisa 28 yanvar kuni sodir bo‘lgan. Polkovnik Pol Taunsendning ta’kidlashicha, qiruvchi samolyot harbiy havo kuchlarining Eylson bazasida mashg‘ulotlar o‘tayotgandi. Uchuvchi parvoz vaqtida favqulodda holat yuzaga kelganini aytgan. U katapulta qilishga ulgurgan va hozirda stabil holatda bo‘lib, tibbiy muassasada tekshiruvdan o‘tmoqda.

“Harbiy havo kuchlari shunga o‘xshash hodisalar takrorlanish ehtimolini minimallashtirish uchun sinchkovlik bilan tekshiruv o‘tkazadi”, deydi polkovnik.

Kiritildi: 10:10 29.01.2025. O'qildi: 969 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!