Nashrning qayd etishicha, bunday holatda Qo‘shma Shtatlar baribir Eron bilan muzokaralarga qaytishiga to‘g‘ri keladi.
The Economist'ga ko‘ra, Eron raketalarini Qo‘shma Shtatlarning zarbalariga javob hujumi uchun saqlab qo‘ygan bo‘lishi mumkin. Shuningdek, uning butun dunyo bo‘ylab terrorchilik tarmoqlari borligi ehtimoldan xoli emas.
"Eronning amerikalik askarlar va tinch aholi vakillarini o‘ldira boshlashi yoki Saudiya Arabistonining neft sanoatiga zarbalar berishi, shuningdek, Ho‘rmuz bug‘ozini to‘sib qo‘yish orqali energiya manbalari narxini oshib ketishiga sababchi bo‘lishi mumkinligini tasavvur qiling. Ho‘rmuz bo‘g‘ozi hayotiy muhim dengiz yo‘li bo‘lib, u orqali juda ko‘p neft va gaz tankerlari o‘tadi. Tramp javob choralarini ko‘rishga majbur bo‘ladi. Bu Amerika uchun qanday oqibatlarga olib keladi? Ertami-kechmi AQSh muzokaralar eng kam yo‘qotish bilan yechim topish yo‘li ekanini tushunadi. Netanyahuning muzokaralarni qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortishi bu yo‘ldagi asosiy to‘siqdir", deyiladi maqolada.