Amerikalik harbiy xizmatchi Texasda M1 Abrams tankining ishlashi haqidagi ma’lumotlarni Rossiyaga yetkazmoqchi bo‘lgan vaqtda hibsga olindi.
Bu haqda AQSh Adliya vazirligi ma’lum qildi.
"Ayblanuvchi Rossiyaga milliy mudofaa va M1A2 Abrams ekspluatasiyasi bilan bog‘liq maxfiy ma’lumotlarni uzatishga uringan”, — dedi departament matbuot xizmati AQSh bosh prokurorining milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi Jon Ayzenbergning so‘zlaridan iqtibos keltirgan holda.
Iyul oyida hibsga olingan shaxs M1 Abrams haqidagi "batafsil hujjatlarni" topshirgan va "tank uskunalari komponentlari" dan birini "Rossiya hukumati" vakili deb hisoblagan shaxsga topshirish masalasini muhokama qilgan. Iyul oyi oxirida 22 yoshli Teylor Li va’da qilingan qismni belgilangan joyga olib kelgan, shundan so‘ng u hibsga olingan.
Tergov FQB tomonidan AQSh armiyasi kontrrazvedka qo‘mondonligi bilan hamkorlikda olib borilmoqda.