Jon Xopkins universitetining amerikalik arxeologlari Suriyadagi qabrni qazish jarayonida insoniyat tarixidagi alifbo yozuvining eng qadimgi namunasini topdilar.
Kashfiyot Amerika xorijdagi tadqiqotlar jamiyatining (ASOR) yillik yig‘ilishida taqdim etilgan.
Olimlar Yaqin Sharqdagi eng qadimiy shaharlardan biri joylashgan Umm al-Marrada bronza davriga oid dafn etilgan joydan uzunligi inson barmog‘igacha bo‘lgan belgi bilan qoplangan loy silindrlarni topdilar.
Bundan tashqari, u yerdan oltita skelet, oltin va kumush taqinchoqlar, oshxona anjomlari, nayza uchi va butun sopol idishlar topilgan.
Radiokarbonlarni aniqlash alifbo silindrlari miloddan avvalgi 2400 yillarda yaratilganligini ko‘rsatdi, bu eng qadimgi yozuv namunalaridan taxminan 500 yil katta.
"Olimlar ilgari alifbo Misrda yoki uning atrofidagi mintaqada miloddan avvalgi 1900 yillardan keyin ixtiro qilingan deb hisoblashgan. Ammo topilgan ashyolar eskiroq va boshqa hududga tegishli. Bu alifboning kelib chiqish tarixi avvalgisiga o‘xshamaganligini ko‘rsatadi" - dedi tadqiqot muallifi professor Glenn Shvars.