Donald Tramp Ukraina rahbarining qurol-yarog‘ taqchilligi haqidagi e’tirozlariga shunday javob berdi.
Uning aytishicha, AQShning o‘zi ham raketalarga muhtoj. Bunga esa Bayden davrida Ukrainaga katta miqdorda qurol yetkazib berilgani sabab bo‘lgan.
Avvalroq Zelenskiy G‘arb qurol yetkazib berishni qisqartirish orqali Kiyevni muzokaralarga undayotganini bildirgan edi.
Bu orada CNN AQShning raketa zaxiralari kamayganini ma’lum qildi. Telekanalga ko‘ra, Eron bilan mojaro vaqtida THAAD raketalarining qariyb 80 foizi, Patriot raketalarining esa deyarli yarmi sarflab yuborilgan.