AQShdan Hindistonga 10 soat parvoz qilgan samolyot hojatxona muammosi tufayli ortga qaytdi.
Parvoz 14 soat davom etishi kerak edi, ammo yo‘lovchilar 12 ta hojatxonadan 11 tasini to‘ldirib tashlagan va biznes-klassda faqat bitta hojatxona qolgan.
Ushbu holat jiddiy texnik nosozlikka sabab bo‘lishidan xavotirlangan bort komandiri AQShga qaytishga qaror qilgan. U yerda samolyot ikki kun davomida tartibga keltirilgan.