21 yanvar kuni AQShdan deportasiya qilingan O‘zbekiston fuqarolari bilan navbatdagi charter reysi yetib keldi, deb xabar bermoqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.
Ushbu reysda 44 nafar O‘zbekiston fuqarosi Vatanga qaytarildi.
Charter reysi AQShning tegishli hukumat idoralari bilan hamkorlikda tashkillashtirilgan bo‘lib, uning amalga oshirilishi orqali O‘zbekiston fuqarolarining vatanga xavfsiz va o‘z vaqtida qaytarilishi ta’minlan.
«Mazkur tadbir O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi hamkorlikning yana bir muhim namunasidir. Yurtimiz fuqarolarining o‘zga davlatlarda xavfsizligini ta’minlash, ularning qonuniy huquqlarini himoya qilish va ularni vataniga qaytarish borasidagi hamkorlik davom etmoqda», — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston fuqarolarining o‘zga davlatlarda xavfsizligini ta’minlash, ularning qonuniy huquqlarini himoya qilish va ularni Vataniga qaytarish borasidagi hamkorlik davom etmoqda.