Venesuela Tashqi ishlar vazirligi respublika fuqarolariga AQShga borishdan tiyilishni va agar u yerda yashayotgan bo‘lsa, ushbu mamlakatni tark etishni tavsiya qildi.
Bu haqda Bolivar Respublikasi TIV rahbari Ivan Xil Pinto o‘zining Telegram-kanalida yozdi.
"Venesuela barcha fuqarolarini ogohlantiradi va ularga Amerika Qo‘shma Shtatlariga sayohat qilishdan tiyilishni tavsiya qiladi. Shuningdek, hozirda AQShda yashayotgan venesuelaliklarni ushbu mamlakatdan chiqib ketish imkoniyatini ko‘rib chiqishga chaqiramiz," - dedi u.