Bugun 3 avgust, 2025 yil, yakshanba

КИР

AQShdagi zavod portlashi natijasida vayronalar ostidan uch nafar insonning jasadi topildi

AQShdagi zavod portlashi natijasida vayronalar ostidan uch nafar insonning jasadi topildi

AQShning Nebraska shtatida qutqaruvchilar Horizon Biofuels bioyoqilg‘i zavodida sodir bo‘lgan kuchli portlash oqibatida halok bo‘lgan ikki qiz va bir erkakning jasadini topib oldi.

Bu haqda Associated Press xabar berdi.

Fremont meri Djoui Spellerbergning so‘zlariga ko‘ra, bolalar zavod hududida o‘z smenasini tugatayotgan qarindoshini kutishgan. Taxminlarga ko‘ra, ikkala qiz ham 12 yoshga to‘lmagan.

Qutqaruvchilar bir kundan ortiq yonayotgan vayronalar va binoning beqaror konstruksiyasi bilan kurashishdi. Dastlabki versiyaga ko‘ra, fojiaga lift minorasida yog‘och changining portlashi sabab bo‘lgan.

Avvalroq, portlash vaqtida zavodda 3 kishi bo‘lgani, ular bedarak yo‘qolganlar ro‘yxatiga kiritilgani xabar qilingandi.

Kiritildi: 11:20 31.07.2025. O'qildi: 453 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!