Amerika Qo‘shma Shtatlarida Fremont shahrida joylashgan yog‘och chiqindilaridan yoqilg‘i granulalarini ishlab chiqaradigan Horizon Biofuels zavodida kuchli portlash sodir bo‘ldi va bu uni tom ma’noda parchalab tashladi.
Bu haqda Shot Telegram-kanali bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, portlash vaqtida binoda odamlar bo‘lishi mumkin. Qurbonlar soniga aniqlik kiritilmoqda.
Qayd etilishicha, portlash ovozi favqulodda hodisa joyidan bir necha kilometr uzoqlikda eshitilgan. Rasmiylar 6 km radiusdagi hududni o‘rab oldi.