Bugun 26 yanvar, 2026 yil, dushanba

КИР

AQShdagi vaqtincha saqlash markazlaridagi o‘zbekistonliklar Vatanga qaytishda yordam so‘ramoqda

AQShdagi vaqtincha saqlash markazlaridagi o‘zbekistonliklar Vatanga qaytishda yordam so‘ramoqda

O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasi Virjiniya shtatidagi “Kerolayn” va “Farmvill” vaqtincha saqlash markazlarida bo‘lib, u yerda saqlanayotgan vatandoshlar bilan uchrashdi. Suhbatda ularning saqlanish sharoitlari o‘rganilib, konsullik va huquqiy tushuntirishlar berildi.

O‘zbekistonliklar AQShga noqonuniy kirib kelgani sabab deportasiya jarayonlari ketayotganini aytgan va Vatanga tezroq qaytishda amaliy yordam so‘ragan. Elchixona fuqarolarni qaytarish bo‘yicha zarur hujjatlarni rasmiylashtirish va muzokaralar olib borishga tayyor ekanini bildirgan.

Kiritildi: Bugun 16:09. O'qildi: 242 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!